Yoʻnalish
Indoneziya
Osiyo · Jakarta
Kirish tafsilotlari
Chegarada viza (kelganda) · 30 kungacha
Qisqa turistik safar uchun amaliy tafsilotlar — shartlar oʻzgarib turadi, har doim rasmiy manbadan tekshiring.
Qachon borish kerak
Mavsumiy taqvim — iqlim maʼlumotlari va tanlangan mezonlar asosida.
Bayramlar
Davlat bayramlari — dam olish kunlari va yopiq muassasalar.
Rojdestvo
Hari Raya Natal
25-dekabr, 2026
Ju · 32 kundan soʻng
Yangi yil
Tahun Baru Masehi
1-yanvar, 2027
Ju · 39 kundan soʻng
Muqaddas juma
Wafat Isa Almasih
26-mart, 2027
Ju · 123 kundan soʻng
Pasxa yakshanbasi
Paskah
28-mart, 2027
Ya · 125 kundan soʻng
Mehnat kuni
Hari Buruh Internasional
1-may, 2027
Sh · 159 kundan soʻng
Masihning osmonga koʻtarilishi kuni
Kenaikan Isa Almasih
6-may, 2027
Pa · 164 kundan soʻng
Pancasila kuni
Hari Lahir Pancasila
1-iyun, 2027
Se · 190 kundan soʻng
Mustaqillik kuni
Hari Ulang Tahun Kemerdekaan Republik Indonesia
17-avgust, 2027
Se · 267 kundan soʻng
YUNESKO obyektlari
10Ushbu mamlakatdagi YUNESKO Jahon merosi obyektlari.
- Borobudur ibodatxona majmuasi1991Madaniy
©
Borobudur — Mahayana buddizmi anʼanasidagi buddaviy stupa va unga bogʻliq ibodatxona majmuasi (chandi). Borobudur Indoneziyada, Java orolida, Markaziy Java provinsiyasida, Jokyakarta shahridan 40 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Borobudur 750 va 850-yillar oraligʻida Shailendra sulolasidan boʻlgan Mataram davlati hukmdorlari tomonidan qurilgan. Nomi sanskritcha «vihara Budda Ur» soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, bu «togʻdagi buddaviy ibodatxona» deb tarjima qilinadi. Borobudur va Prambanan — Indoneziyadagi ommaviy turizm joylari.
Matn: Vikipediya (CC BY-SA) - Prambanan ibodatxona majmuasi1991Madaniy
Prambanan — Java orolining markaziy qismida, Jokyakartadan 18 km sharqda, Merapi vulqonining janubiy yonbagʻrida, buddaviy Borobudur ibodatxonasi va Ratu Boko shoh saroyi yaqinida joylashgan ilk oʻrta asr hind ibodatxonalari (chandi) majmuasi. Ehtimol, ibodatxona X asr boshida Mataram davlati hukmdori Rakay Pikatan tomonidan qurilgan. 1918-53-yillarda golland olimlari tomonidan restavratsiya qilingan, 1991-yilda esa YUNESKO tomonidan Butunjahon merosi yodgorligi deb eʼtirof etilgan.
Matn: Vikipediya (CC BY-SA) - Komodo milliy bogʻi1991Tabiiy
Komodo — Indoneziyadagi Sharqiy va Gʻarbiy Kichik Zond orollari provinsiyalari oraligʻidagi chegara hududida joylashgan milliy bogʻ.
Matn: Vikipediya (CC BY-SA) - Lorents milliy bogʻi1999Tabiiy
©
Lorents — Indoneziyaning Papua provinsiyasidagi milliy bogʻ. Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng katta tabiatni muhofaza qilinadigan hudud hisoblanadi.
Matn: Vikipediya (CC BY-SA) - Sumatraning bokira nam tropik oʻrmonlarixavf ostida2004Tabiiy
©
Sumatraning bokira nam tropik oʻrmonlari — Sumatra orolidagi, maydoni 2.5 mln ga boʻlgan va xavf ostida turgan nam tropik oʻrmonlar. 2004-yilda Butunjahon merosi qoʻmitasi Sumatraning nam tropik oʻrmonlarini biologik xilma-xilligi uchun YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritdi. Brakonerlik, noqonuniy daraxt kesish, qishloq xoʻjaligining bostirib kirishi va obyekt hududi orqali yoʻllar qurish rejalari keltirib chiqargan xavf tufayli oʻrmonlar xavf ostidagi Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritildi. Qaror Butunjahon merosi qoʻmitasining 35-sessiyasida qabul qilindi. Hududni Indoneziyaning uchta milliy bogʻi tashkil etadi: Bukit-Barisan-Selatan, Kerinsi-Seblat va Gunung-Leser.
Matn: Vikipediya (CC BY-SA) - Ujung-Kulon milliy bogʻi va Krakatau vulqoni1991Tabiiy
©
Ujung-Kulon — Indoneziyaning Banten provinsiyasida, Java orolining gʻarbiy qismida joylashgan milliy bogʻ. Shuningdek, Krakatau vulqon orollari guruhini va Zond boʻgʻozidagi boshqa ayrim orollarni, ularning eng kattasi — Panaytan orolini ham oʻz ichiga oladi.
Matn: Vikipediya (CC BY-SA) - Sangirandagi qadimgi odam makoni1996Madaniy
©
Sangiran — Indoneziyaning Yava orolidagi arxeologik qazish joyi. 1995-yilda YUNESKO tomonidan Chjoukoudyan (Xitoy), Uillandra (Avstraliya), Olduvay (Tanzaniya) va Sterkfontein kabi obyektlar qatorida qazilma odamni oʻrganish uchun dunyodagi eng muhim joylardan biri sifatida tan olingan. Obyektning maydoni taxminan 56 km². U Markaziy Yavada, Surakarta shahridan taxminan 15 kilometr shimolda, Solo daryosi vodiysida joylashgan.
Matn: Vikipediya (CC BY-SA) - Sawahluntodagi Ombilin koʻmir qazib olish merosi2019Madaniy
Ombilin koʻmir koni — Indoneziyaning Gʻarbiy Sumatra provinsiyasidagi Sawahlunto shahri yaqinida joylashgan koʻmir koni. 1876-yilda golland mustamlaka hukumati tomonidan ochilgan Ombilin koni Janubi-Sharqiy Osiyodagi koʻmir qazib olishning eng qadimgi joyidir.
Matn: Vikipediya (CC BY-SA) - Bali provinsiyasining madaniy landshafti: <em>Tri Hita Karana</em> falsafasining namoyon boʻlishi sifatida <em>Subak</em> tizimi2012Madaniy
Taman Ayun — Bali orolidagi qirollik hind ibodatxonasi, orol poytaxti Denpasardan 17 km uzoqlikda, Mengvi qishlogʻi yaqinida joylashgan. Ibodatxona nomi indonez tilidan «goʻzal bogʻ» deb tarjima qilinadi. Hududining kattaligi boʻyicha Baliда Besakih ibodatxonasidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 2012-yilda YUNESKOning jahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan.
Matn: Vikipediya (CC BY-SA) - Jokyakartaning kosmologik oʻqi va uning tarixiy diqqatga sazovor joylari2023Madaniy
Avtomobil ijarasi va haydash
Haydovchilik guvohnomangiz tan olinadimi va harakat qaysi tomonlama — BMTning yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyalariga koʻra.
Bu mamlakat boshqa konvensiyaga aʼzo, shuning uchun IDP tan olinmasligi mumkin. Notarial tasdiqlangan tarjima yoki mahalliy guvohnoma talab qilinishi mumkin. Ijara kompaniyasidan aniqlang.
Mahalliy meʼyorlar
Salomatlik
Internet
Safardagi aloqa: qamrov, mobil internet narxi, xizmatlarga kirish.
Taksi: Gojek, Grab
Ovqat yetkazib berish: GrabFood
Narxlar
Koʻp beriladigan savollar
Indoneziya: Hindiston fuqarolari viza kerakmi?
Oldindan viza olish shart emas: Hindiston fuqarolari viza chegarada (kelganda) beriladi — 30 kungacha.
Qancha muddat qolish mumkin?
Har bir tashrifda 30 kungacha.
Vizasiz oʻxshash yoʻnalishlar
Iqlimi, dengizi va narxlari oʻxshash — oldindan viza kerak emas.
Mamlakat haqida
- Poytaxt
- Jakarta
- Qitʼa
- Osiyo
- Aholi
- 267 663 435
- Maydon
- 1 919 440 km²
- Valyuta
- Rupiah · IDR
- Vaqt mintaqasi
- 11:33UTC+7
- Rozetkalar
- CF
- Favqulodda xizmatlar
- 110politsiya118tez yordam113oʻt oʻchiruvchilar
- Telefon kodi
- +62
- Tillar
- Indonez, Inglizcha, Niderland, Yavan
- Qoʻshni davlatlar
- 🇵🇬 Papua – Yangi Gvineya🇹🇱 Timor-Leste🇲🇾 Malayziya
vaqtingizga nisbatan +1:30 soat
220 V · 50 Gs